Koronavirusdan xoli birorta ham viloyat yo‘q
Kuni kecha, ya’ni 18-iyul kuni mamlakatimizda 579 ta kasallik holati qayd etildi. Shundan 138 nafari Karantin muassasalarida, 441 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, kecha Toshkent shahrida 2 nafar, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
SSVning xabariga ko‘ra, 18 iyul kuni Toshkent shahri, Namangan, Andijon hamda Navoiy viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 124 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 16186 nafar bemordan 9127 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 56 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 6976 nafar bemordan 71 nafari og‘ir, 21 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 60 552 nafar, statsionar karantinda esa 22 871 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter