Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan o‘lim darajasi eng yuqori mamlakat o‘zgardi

Koronavirusdan o‘lim darajasi eng yuqori mamlakat o‘zgardi

Foto: «Exame»

Aholi jon boshiga o‘lim holatlari qayta hisoblab chiqilganidan so‘ng, koronavirusni yuqtirish eng xavfli mamlakat nomi oydinlashdi — Peru.

Yangilangan ma’lumotlar ko‘rsatishicha, Peruda koviddan o‘lim holatlari har 100 ming kishiga 500 tani tashkil etyapti, bu masalan, Braziliyadagidan ikki baravar ko‘p.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, hukumat hisoboti taqdim etilganidan so‘ng Peruda koronavirusdan o‘lganlar soni aslida uch baravar ko‘pligi va 180 ming nafardan oshgani ma’lum bo‘ldi.

Peru koronavirus pandemiyasidan eng ko‘p talafot ko‘rgan Lotin Amerikasi mamlakatlaridan biri bo‘ldi, kasalxonalarda bo‘sh joylar qolmadi, kislorodga talab imkoniyatdan oshib ketdi, yozmoqda «The Guardian».

Shu choqqacha jon boshiga kovid-o‘limlar darajasi eng yuqori mamlakat Vengriya edi: har 100 ming aholiga 300 ta o‘lim.

Mutlaq raqamlarda esa Braziliya o‘lim holatlari bo‘yicha Lotin Amerikasi yetakchisi: pandemiya davrida koronavirusdan o‘lganlar soni 450 ming nafardan ziyod.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring