Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

+195 bemor. Koronavirus yuqtirish ko‘rsatkichi yuqoriligicha qolmoqda

+195 bemor. Koronavirus yuqtirish ko‘rsatkichi yuqoriligicha qolmoqda

Foto:«Ukrinform»

2021-yil 7-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 84322 (+195) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

Yangi kasallanish holatlarining:

4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
2 nafari Andijon viloyatida,
9 nafari Buxoro viloyatida,
18 nafari Samarqand viloyatida,
2 nafari Sirdaryo viloyatida,
3 nafari Farg‘ona viloyatida,
1 nafari Xorazm viloyatida,
24 nafari Toshkent viloyatida,
132 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 634 nafarga etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1454 nafar bemordan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring