Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus vaksinasini o‘zida sinab ko‘rgan olim: «Tirik va sog‘man. Hammasi joyida»

Koronavirus vaksinasini o‘zida sinab ko‘rgan olim: «Tirik va sog‘man. Hammasi joyida»

Martin Baxmann.

Foto: «Sudkurier.de»

Bern universiteti professori, immunolog Martin Baxmann shveysar olimlari koronavirusga qarshi ishlab chiqayotgan vaksinani o‘z tanida sinab ko‘rdi.

«O‘zimnikini (vaksinani nazarda tutyapti — tahr.) sinab ko‘rdim. Tirik va sog‘man. Hammasi joyida», — dedi Baxmann.

Uning aytishicha, vaksinasiga to 100 foiz ishonch hosil qilmagunicha, mutaxassislar uni umuman test qilib o‘tirishmaydi — na o‘zida, na boshqalarda. O‘zingda sinash, menimcha, normal holat, deydi professor Baxmann.

Tadqiqotchining aytishicha, immunitet orttirish — «juda yaxshi taktika», biroq vaksina bo‘lmasa odamlar yaqinlari va atrofidagilarning salomatligini xavf ostiga qo‘yishadi. Shuning uchun ham vaksina kerak.

Rossiyalik olimlar ham koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqib, o‘zlaridan sinab ko‘rishgani haqida 22- may kuni xabar paydo bo‘lgandi. Rossiyadagi Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqotlar markazi direktori Aleksandr Ginsburg ham o‘zini shu dori bilan emlagan. Ammo u buni vaksina sinovi emas, balki ishlashda davom etish uchun o‘z-o‘zini himoyalash degandi.

Oradan bir necha kun o‘tib, Ginsburg markazning o‘zini shu dori bilan emlagan xodimlarida virusni neytrallashtiruvchi protektiv antitanachalar paydo bo‘lganini ma’lum qilgan. Uning aytishicha, Rossiyada ommaviy emlash kuz faslida boshlanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring