Koronavirus laboratoriyada yaratilgan — AQSh energetika vazirligi
AQSh energetika vazirligi koronavirus laboratoriyada yaratilgan, degan xulosaga keldi. Bu haqda The Wall Street Journal yozdi.
Virus laboratoriyadan tarqalgani haqida xulosaga kelgan AQSh federal idoralari soni ikkitaga yetdi — energetika vazirligidan avval Federal qidiruv boshqarmasi (FQB) shunday fikrda edi.
AQShdagi to‘rtta idora virus hayvondan odamga o‘tgan degan fikrida turibdi, ikkita idora esa, jumladan, Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB), bir to‘xtamga kelgan emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter