Koronavirus bilan kasallangan odam samolyotda vafot etdi
Germaniyaning Hamburger Abendblatt gazetasi xabar berishicha, Istanbuldan Gamburgga uchgan Airbus A320 samolyotida koronavirus bilan kasallangan 51 yoshli yo‘lovchi hayotdan ko‘z yumdi.
T-online internet portaliga ko‘ra, samolyot 25-oktyabr kuni tushdan keyin Gamburgga qo‘ngan. Shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot kotibi yo‘lovchilardan birining o‘limini tasdiqladi.
«Yo‘lovchi o‘tgan hafta parvoz paytida olamdan o‘tgani rost. Gamburgga yetib kelganida allaqachon joni uzilgandi», — deya izohladi u.
Ommaviy axborot vositalari, shuningdek, bortda vafot etgan yo‘lovchining sud-tibbiy ekspertizasi doirasida o‘tkazilgan PZR testi natijasi musbat chiqqani haqida rasmiy tasdiq olishga muvaffaq bo‘ldi.
Aviakompaniya hodisaga politsiya va sog‘liqni saqlash idoralari aloqadorligini ta’kidlab, voqea yuzasidan qo‘shimcha izoh berishdan bosh tortgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter