Koreya Respublikasidan O‘zbekistonga ta’tilga kelgan fuqarolar diqqatiga
Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi taqdim etgan ma’lumotiga asosan, mehnat ta’tili olib O‘zbekistonga kirib kelganligiga 1 yil to‘lishiga yaqin qolgan fuqarolar o‘rnatilgan tartibda elchixonaga murojaat qilishi lozim.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vaqtincha ochilgan «Ta’til2020» telegram messenjeri orqali ham bu haqida xabar berilgan.
Ammo ta’tilga kelgan fuqarolar orasida bugungi kunga qadar ushbu xabar haqida ma’lumotga ega bo‘lmaganlar borligini inobatga olib, quyidagilarni ma’lum qilinadi:
O‘zbekistonga kirib kelganligiga 1 yil to‘lishiga yaqin qolgan fuqarolar (kamida 10 kun oldin) o‘rnatilgan tartibda pasport, ID karta hamda elchixona tomonidan talab etiladigan konsullik xizmati uchun to‘lovni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga taqdim etishi zarur. (ID kartasida viza amal qilish muddati tugagan hamda ish beruvchidan rad javobi olib, Koreya Respublikasiga kirib borish muddati tugagan fuqarolarning hujjatlari qabul qilinmaydi).
O‘zbekistonga kelganiga 1 yil to‘lgan bo‘lsa, o‘rnatilgan tartibda ish beruvchiga qayta viza berishini so‘rab, murojaat qilgandan keyin Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga hujjatlarini (viza tasdiqnomasi, pasport, ID karta, konsullik xizmati uchun to‘lovi) topshirishi so‘raladi.
Shuningdek, shuni ma’lum qilamizki, ushbu tadbirlar Sizni Koreya Respublikasiga kirib borishingiz kafolatini bermaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter