Koreya Eksimbanki onkologiya markazi qurish uchun O‘zbekistonga qarz beradi
Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi (EDCF) «Milliy onkologiya markazini barpo etish» loyihasini moliyalashtirish uchun O‘zbekistonga 10 yil imtiyozli davr bilan 40 yilga 127,5 mln dollari miqdorida imtiyozli qarz ajratadi.
Belgilanishicha, EDCF jamg‘armasi bo‘yicha asosiy qarz, unga hisoblangan foiz, vositachilik haqi hamda boshqa to‘lovlarni qoplash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi budjetidan qoplanadi.
Loyihaga ko‘ra, 265 o‘rinli bo‘ladigan Milliy onkologiya markazini qurish ishlariga mazkur mablag‘ning 50 mln 52 ming dollari va tibbiy asbob-uskunalar uchun 40 mln 341 ming dollar yo‘naltiriladi.
Loyihaning ijrosi bilan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda zamonaviy binolar va ilg‘or tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan 4-darajali milliy onkologiya markazini qurish maqsad qilinmoqda.
Bu bilan esa Markaziy Osiyoda saraton kasalligiga chalingan bemorlarga ixtisoslashtirilgan va ilg‘or onkologik tibbiy xizmatlarning (tashxislash-davolash-reabilitatsiya) tibbiy yordamini shakllantirishga va sifatini yaxshilashga erishish rejalashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter