Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-bosqich talabalari uchun kontrakt to‘lashning so‘nggi muddati uzaytirildi

1-bosqich talabalari uchun kontrakt to‘lashning so‘nggi muddati uzaytirildi

O‘zbekistonda 1-kurs va o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilganlar uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 25-dekabrga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining murojaatlarini inobatga olgan holda ushbu qaror qabul qilingan. Ushbu yangilik 2023/2024-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasida tahsil olayotgan 1-kurs talabalariga birday taaluqli.

Ta’limning har ikki bosqichida to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 25-dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring