Konsulxona Istanbulga uchayotganlarga murojaat qildi
Istanbulda kutilayotgan kuchli bo‘ron tufayli Turkish Airlines (THY) aviakompaniyasi 23-noyabr kuni rejalashtirilgan 38 ta parvozni bekor qildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi.
Bekor qilingan reyslar:
- 10 tasi ichki reys;
- 28 tasi xalqaro reys.
Aeroportning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 10 foizga cheklash haqida qaror Favqulodda holatlar bo‘yicha Meteorologiya qo‘mitasi (MADKOM) tavsiyasiga asosan qabul qilingan.
Istanbul xalqaro aeroporti mas’ullari ertangi reyslarda yana o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
Konsulxona yurtdoshlarimizga o‘z parvozlari holatini oldindan tekshirishni va tegishli choralar ko‘rishni tavsiya qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter