Komil Allamjonov: «Futbol klubi ochadigan darajaga yetib kelmadim»
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov «Navbahor» klubiga logotipni zudlik bilan almashtirishni so‘radi.
Bunga u «Navbahor» klubining yangi logosi Mass-media fondi logosiga o‘xshab qolganini sabab qilib ko‘rsatgan.
«Navbahor» futbol klubiga logotiplar muborak bo‘lsin! Bu Mass-media fondining logosi. Faqat burgut orqaga qarab turibdi. Yoki Stifano Richchi bosh homiymi? Unday desa ham, bizni logoga o‘xshab qolibdiku.
Agar buni zudlik bilan almashtirmasangiz, klub Allamjonovga o‘tib qoldi, degan gaplar ham chiqadi ertaga. To‘g‘ri, biz futbolga qiziqamiz, lekin klub ochadigan darajaga yetib kelmadik», deb yozadi Allamjonov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter