Komil Allamjonov nodavlat telekanallar vakillari bilan uchrashdi
Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov nodavlat teleradiokanallar vakillari bilan uchrashib, milliy kontent yaratish masalasini muhokama qildi.
"Suhbat davomida milliy kontent yaratish bo‘yicha muammolar va ularga yechim topish yo‘llarini batafsil muhokama qildik", deya yozdi Allamjonov o‘z Telegram sahifasida.
Inson ongi va qalbini zabt etish, unga o‘z hukmini o‘tkazish, ma’naviyatidan, milliy urf-odat va qadriyatlaridan judo etishga yo‘naltiriladigan axborot xurujlari ko‘rinmaslik xususiyatiga ega.
Shunday ekan, unga qarshi milliy axborot immunitetini shakllantirish, axborot maydonida raqobatbardosh milliy kontent yaratish masalasi dolzarb bo‘lib bormoqda.
Mamlakatimizda ayni shu masalaga hozirgi kunda alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, bugun Komil Allamjonov ishtirokida nodavlat teleradiokanallar vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham milliy kontent yaratish bo‘yicha muammolar va ularga yechim topish yo‘llari batafsil muhokama qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter