Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘chmas mulk ob’yektlarining kadastr raqamlariga tuzatish kiritiladi

Ko‘chmas mulk ob’yektlarining kadastr raqamlariga tuzatish kiritiladi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • respublika hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish tarkibi va tamoyillari;
  • kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimida ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish;
  • kadastr raqamlarini ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha toifalashtirish orqali ularni hisobga olish va hisobini yuritish.

Kadastr agentligiga 2024-yil 1-dekabrgacha O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy birliklarini tuzish, tugatish va ularning chegaralaridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda ko‘chmas mulklarning yangi kadastr raqamlarini shakllantirish uchun UZKAD tizimiga texnik tuzatishlar kiritilishini ta’minlash topshirildi.

Yer uchastkalari, binolar va inshootlarni identifikatsiya qilish tizimi yagona tamoyil asosida tuzilgan bo‘lib, uning asosiga yer uchastkasining kadastr raqami kiritilgan.

Kadastr raqami — yer uchastkasi, bino, inshootga tegishli O‘zbekiston hududida takrorlanmaydigan raqamdir, u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uni shakllantirishda beriladi va u ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lguniga qadar saqlanib qoladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.09.2024-yildan kuchga kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring