Kobuldagi portlash qurbonlari soni oshdi
Kecha, 28-iyul kuni Afg‘oniston vitse-prezidentligiga nomzod Amrullo Solihning ofisiga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lgan, 50 ga yaqin inson jarohat olgan. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.
Jangarilar bilan otishma besh soat davom etgan.
Agentlik xabariga ko‘ra, avvaliga portlatish amalga oshirilib, so‘ng ofis qurollarda o‘q tutilgan.
Hujum oqibatida Solih yengil jarohat olgan. Afg‘on harbiylari to‘rt nafar jangarini yo‘q qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter