«Kobalt»ni olib qochgan kimsa qo‘lga olindi, avtomashina egasiga qaytarildi

Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, shu yilning 5-noyabr kuni noma’lum shaxs Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan Respublika Patologik anatomiya markazi olididagi avtoturargohdan E.J. ga tegishli, qarovsiz qoldirilgan «Kobalt» rusumli avtomashinani haydab qochgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yakkasaroy tumani Qushbegi dahasida yashovchi S.S. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Olib qochilgan mashina esa Chirchiq shahridan texnik soz holda topilib, o‘z egasiga qaytarilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter