Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kirish imtihonida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar talabaga Prezident granti beriladi

Kirish imtihonida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar talabaga Prezident granti beriladi

Foto: Xabar.uz

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi va Davlat test markazi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar O‘zbekiston Prezidenti grantini ajratish tartibini ishlab chiqishi belgilangan. Bu haqda muhokama qo‘yilgan 2021-yilgi Davlat dasturi loyihasida keltirilgan.

Ushbu maqsadda OTMlarga kirish imtihonlarida ball to‘plagan shaxslar to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlarni nazarda tutuvchi yagona elektron reyestrni shakllantiriladi.

Prezident grantini yutgan talabaga o‘qishni bitirguniga qadar amaldagi Prezident stipendiyasi miqdoriga teng bo‘lgan Prezident granti stipendiyasini to‘lanadi. Lekin o‘quv semestri yakuni bo‘yicha barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi «a’lo» baho bo‘lib, bitta fandan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi «a’lo» baho bo‘lmaganda, ushbu toifadagi talabalarga kelgusi semestrlar mobaynida Prezident granti stipendiyasi berilmaydi.

Bundan tashqari, magistratura va doktoranturada o‘qiyotgan iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida Prezident davlat stipendiyasi kvotalari soni kamida ikki barobarga oshiriladi.

O‘zbekistondagi xorijiy va qo‘shma oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham Prezident va davlat stipendiyalari joriy etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring