Kimyogarlar Olmaliqda daraxt ekishdi
«O‘zkimyosanoat» AJ tizimidagi tarmoq korxona va tashkilotlar tomonidan daraxt va manzarali ko‘chatlar ekilmoqda. Ilk ko‘chat ekish tadbiri joriy yilning 1 mart kuni «Ammofos-Maxam» AJ (Toshkent viloyati, Olmaliq shahri)da o‘tkazildi.
«Ammofos-Maxam» AJ tomonidan loyiha davomida 8050 dona daraxt va 36000 dona manzarali ko‘chatlar hamda gullar ekiladi.
Tadbirda korxona tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar, yoshlar, «O‘zkimyosanoat» AJ rahbariyati va mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositasi vakillari va blogerlar ishtirok etdi.
Bugungi kunda «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibida 16 ta yirik va o‘rta kimyoviy korxonalar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ular tomonidan jami 180 tadan ortiq nomdagi kimyoviy mahsulotlar, shu jumladan, 90 ga yaqin turdagi yangi, mahalliy va xorijiy iste’molchilar tomonidan talab etilayotgan mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Tarmoq korxonalarida atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbaalaridan namunalar olish va tahlil qilish, shuningdek, ularga tutash hududlarda statsionar avtomatik kuzatish postlari bilan bosqichma-bosqich jihozlash, suv tozalash inshootlarini va texnologik jarayonlarni rekonstruksiya xamda modernizatsiya qilish ishlarini olib borish natijasida atrof-muhitga chiqarilayotgan zararli tashlanmalar, suyuq va qattiq chiqindilarni 20% kamaytirish ko‘zda tutilgan.
Dunyo miqyosida kuzatilayotgan global isish sabablaridan biri tropik o‘rmonlarni yo‘q qilish orqali yaratilgan ortiqcha issiqxona gazlari hisoblanadi. Karbonat angidrid esa (CO2) asosiy issiqxona gazlaridan sanalanadi. Daraxtlar fotosintez jarayonida ushbu zararli CO2ni kislorod aylantiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bir yil davomida 4047 kv. m. hududga ekilgan katta daraxtlar 42000 km masofani bosib o‘tgan avtomobil tomonidan hosil bo‘ladigan CO2 miqdorini zararsizlantiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter