Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In yana yo‘qolib qoldi

Kim Chen In yana yo‘qolib qoldi

Foto: «Aif.ru»

TASS xabariga ko‘ra, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In yana ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Uning yo‘qolib qolishlari haqida ilgari ham xabarlar berganmiz.

«Yonhap» (Janubiy Koreya) agentligi xabar berishicha, uzoq vaqt jamoat ko‘zidan uzoqda bo‘lgan Kim Chen In nihoyat 1 may kuni ko‘rinish bergandi, biroq o‘sha kundan beri yana yo‘q. Turgan gapki, «seriya»ning davom etishi yana turli taxminu mish-mishlarning bolalab ketishiga sabab bo‘lmoqda.

«Tegishli organlar vaziyat rivojlanishini diqqat bilan kuzatmoqda» — Kim Chen In qayerda degan savolga birlashuv vazirligi shunday javob berdi.

Kim Chen In 11-aprel kuni Koreya Mehnat partiyasi (KMP) MQ siyosiy byurosi majlisini o‘tkazganidan so‘ng to 1 maygacha rasmiy marosimlarda qatnashgani haqida KXDR matbuoti hech narsa yozmadi. KXDR Davlat kengashi raisi 12 aprel kuni Oliy xalq yig‘ini yillik sessiyasida hamda 15 aprel kuni Kim Ir Sen tavalludining 108 yilligi marosimida qatnashmaganidan so‘ng uning salomatligi yomonlashgan, operatsiyani boshdan o‘tkazgan degan xabarlar g‘arb va Janubiy Koreya matbuotida paydo bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring