Kim Chen In merosxo‘rini raketa qurilmalari zavodiga olib bordi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ballistik raketalar uchun qurilmalar ishlab chiqaruvchi zavodga tashrif buyurdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) xabar berdi.
Unga qizi Kim Chju E va partiya a’zolari hamrohlik qilishgan. Tashrif davomida Shimoliy Koreya rahbari ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi va zavodda ishlab chiqarilgan yirik raketalarni ko‘zdan kechirdi. Kim Chen In, shuningdek, zavod 2023 yilga mo‘ljallangan ishlab chiqarish rejasini ortig‘i bilan bajarganini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, korxona davlat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha mas’uliyatli vazifani bajaradi. KXDR rahbari zavod oldiga yangi vazifalar qo‘ygan.
Avvalroq Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati vakili KXDR yetakchisining qizi Kim Chju E Kim Chen Inning merosxo‘ri etib tayyorlanayotganini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter