Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In KXDRning asosiy dushmani kimligini aytdi

Kim Chen In KXDRning asosiy dushmani kimligini aytdi

Foto: Dong-A Ilbo / Getty Images

KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasining VIII s’yezdidagi nutqida Vashington Pxenyanning asosiy dushmani ekanligini ta’kidladi. Bu haqda 9-yanvar kuni Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

Shimoliy Koreya rahbariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar ma’muriyatidagi mansablarni kimlar egallashidan qat’i nazar, AQShning KXDRga nisbatan siyosati o‘zgarmaydi. Faqat «dushmanlarcha siyosat»dan voz kechilsagina har ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishi mumkin, ta’kidladi Kim Chen In.

Pxenyan o‘z yadroviy qurollanish dasturini rivojlantirishda davom etadi, biroq ulardan dushman birinchi bo‘lib hujum qilgan taqdirdagina foydalanadi, ishontirdi shimoliy koreyaliklar yetakchisi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring