Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi

"Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF-50, 19.03.2025-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025-yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- kichik va o‘rta biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 55 foizga, sanoatda – 34 foizga, eksportda – 34 foizga va aholi bandligini ta’minlashda 75 – foizga yetkazish;
- kamida 600 nafar kichik va o‘rta biznes sub’yektlarining yiriklashishiga ko‘maklashish orqali ularni “chempion” tadbirkorlarga aylantirish;
- 100 nafardan ko‘p ishchisi bor tadbirkorlik sub’yektlari sonini 4 mingga yetkazish.
2025-yil 1-maydan:
- o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar YaTT yoki yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda, davlat boji undirilmaydi;
- o‘z faoliyatini tegishincha YaTT, mikrofirma yoki kichik korxona toifasigacha yiriklashtirgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va tadbirkorlarga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 50 million so‘mgacha, Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida – 150 million so‘mgacha garovsiz kreditlar beriladi;
- o‘z faoliyatini tegishincha o‘rta yoki yirik biznes toifasigacha yiriklashtirgan tadbirkorlarga – 1 yil davomida QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) 7 kun muddatda tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter