Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ketma-ket uch nafar bokschimiz JChdan chiqarib yuborildi

Ketma-ket uch nafar bokschimiz JChdan chiqarib yuborildi

Serbiyada o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining chorakfinal bahslari vakillarimizga omadsiz keldi.

Abdumalik Xalakovning yorqin g‘alabasidan so‘ng ketma-ket uch nafar bokschimiz medallardan quruq qoldi. Bungacha Nodirjon Mirzahmedov ham qozog‘istonlik bokschiga yutqazgandi.

Avvaliga -75 kg vazn toifasida Saidjamshid Ja’farov jangda ustunlik qilgan bo‘lsada, hakamlar 3:2 hisobidagi g‘alabani tailandlik Viparon Jongjoxoga berib yuborishdi.

So‘ng superog‘ir vazn toifasida Lazizbek Mullojonov armanistonlik David Chaloyanga mag‘lub bo‘lgani e’lon qilindi. Yana hisob – 3:2.

-63,5 kg vazn toifasida Mujibillo Tursunov kubalik taniqli bokschi Endi Kruzga qarshi jang qilib u ham 3:2 hisobida yutqazdi.

Oldinda terma jamoamiz vakillaridan -92 kg vazn toifasida Madiyar Saidrahimovning Lyuis Uilyams (Angliya)ga qarshi jangi qoldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring