Kemerovoda norozilik namoyishi bo‘lib o‘tmoqda
Bugun, 27-mart kuni Rossiyaning Kemerovo shahri markazidagi Sovetlar maydonida «Zimnyaya vishnya» savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘inga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tmoqda. Ishtirokchilar yong‘inning haqiqiy qurbonlari qanchaligi haqida ma’lumot berilishini talab qilishmoqda. Bu haqda «Aif.ru» sayti xabar berdi.
Namoyishchilar erta tongdan shahar ma’muriyati binosi atrofida to‘plana boshlagan. Sovetlar maydoni esa politsiya tomonidan qurshab olingan. Gubernator o‘rinbosari Vladimir Chernov namoyishchilar oldiga chiqib, hodisa yuzasidan surishtiruv-tergov ishlari ketayotganini xalqqa tushuntirishga uringan.
25-mart, yakshanba kuni Rossiyaning Kemerovo shahridagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 64 kishi halok bo‘lgani haqida avvalroq xabar bergan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter