Kecha koronavirus va pnevmoniyaga chalinganlar soni e’lon qilindi
Kecha yurtimizda 478 nafar kishida koronavirus, 357 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
2021 yil 15 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 118380 (+478) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 34 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 35 nafari Andijon viloyatida,
- 16 nafari Buxoro viloyatida,
- 32 nafari Jizzax viloyatida,
- 15 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 14 nafari Navoiy viloyatida,
- 31 nafari Namangan viloyatida,
- 35 nafari Samarqand viloyatida,
- 19 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 31 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 33 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 12 nafari Xorazm viloyatida,
- 62 nafari Toshkent viloyatida,
- 109 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 357 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 113261 (+320) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 789 nafarni tashkil qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter