Kecha 367 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi, o‘limlar soni ham oshdi
2021-yil 14-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 117902 (+493) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
31 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
31 nafari Andijon viloyatida,
20 nafari Buxoro viloyatida,
44 nafari Jizzax viloyatida,
18 nafari Qashqadaryo viloyatida,
14 nafari Navoiy viloyatida,
23 nafari Namangan viloyatida,
33 nafari Samarqand viloyatida,
20 nafari Sirdaryo viloyatida,
28 nafari Surxondaryo viloyatida,
38 nafari Farg‘ona viloyatida,
10 nafari Xorazm viloyatida,
52 nafari Toshkent viloyatida,
131 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 367 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 785 nafarni tashkil qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter