Kattaqo‘rg‘onlik 80 yoshli chol tomorqadan 100 million so‘m daromad oldi
![Kattaqo‘rg‘onlik 80 yoshli chol tomorqadan 100 million so‘m daromad oldi](https://static.xabaruz.com/crop/8/7/720_460_95_873104627.jpg)
Kattaqo‘rg‘onlik 80 yoshli Zubaydulla Mirzayev ota o‘z tomorqasidan bir yilda 100 million so‘m daromad ko‘rmoqda. Bu haqda «O‘zLiDeP» saytida xabar berilgan.
Otaxonni kishloq ahli «Dehqonchilikning piri» deyishadi. Uning mahallada shogirdlari talaygina. Hozirda otaxon 8 sotixlik tomorqasida gilos va bodring yetishtirib kelmoqda.
65 yildan buyon dehqonchilik bilan shug‘ullanaman. Ketmon chopish, dalada mehnat qilish sevimli mashg‘ulotim, – deydi Zubaydulla ota. – Chunki dehqonchilik orqasidan yiliga 100 million so‘mga yaqin daromad ko‘ramiz. To‘y-tomoshalarim, imoratlarim, ro‘zg‘orimning farovonligi hammasi mehnatning orqasidan. Mana shu 8 sotixlik yerimizdan ham yiliga 2 marotaba hosil olaman. Giloslarim alohida daromad manbai.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter