«Kattaqo‘rg‘on» poligonida yangi qurol sinovdan o‘tkazildi (foto)
7 may kuni O‘zbekistondagi eng katta poligon — Markaziy harbiy okrugiga qarashli «Kattaqo‘rg‘on» dala o‘quv maydonida harbiy xizmatchilar tomonidan ilk bor D-30 artilleriya stvoli ichiga o‘rnatilgan 14.2 mm.li qurol sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati Xabar.uz’ga ma’lum qildi.
Odatda, D-30 artilleriya qurolidan 122 mm.li snaryad otiladi. Kattaqo‘rg‘on garnizoni harbiy xizmatchilari tomonidan bu gal tungi va kunduzgi mashg‘ulotlarda 14.2 mm.li qurol ham sinab ko‘rildi. Ketma ketlikda otilgan yonuvchi va zirhteshar o‘qlar nishonlarga to‘liq talofat yetkazdi.
Ushbu quroldan artilleriyachilar bo‘linmasiga yangi qabul qilingan yosh harbiy xizmatchilar uchun foydalanish ko‘zda tutilgan. Yangi qurolda qisqa muddatda malaka oshirgan yosh artilleriyachilar 122 mm.li quroldan otishga qo‘yiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter