Kattalarda tish o‘sishini ta’minlovchi preparat yaratilgani aytilmoqda
Yaponiyaning Kioto va Fukui universitetlari olimlari katta yoshli insonlarda yangidan tish o‘sib chiqishini ta’minlovchi preparat yaratdi.
Mazkur o‘ziga xos vosita organizmdagi USAG-1 genini bloklovchi antitana ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Chunki bu gen insonlar va sut emizuvchilar turkumiga mansub jonzotlarda tish o‘sishini cheklaydi.
Tadqitotchilar ushbu jarayonga to‘sqinlik qilish maqsadida USAG-1ning tanamizdagi boshqa genlar bilan o‘zaro ta’sirini o‘rgandi, deyiladi xabarda.
Shundan so‘ng tahlil natijalari asosida ana shu o‘zaro ta’sirni bloklashga xizmat qiluvchi dori vositasi ishlab chiqildi.
Yangilik mualliflari 2024-yilda preparatni odamlarda klinik sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Ularning fikricha, 2030-yilga borib, insoniyat sun’iy tish implantlarini qo‘ydirish ehtiyojidan xalos bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter