Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Katta Namangan kanali»da  cho‘kayotgan qiz qutqarib qolindi

«Katta Namangan kanali»da  cho‘kayotgan qiz qutqarib qolindi

Hodisa kecha, 15-iyun kuni soat 19:40larda Namangan viloyati Chortoq shahar hududidan oqib o‘tuvchi «Katta Namangan kanali»da yuzaga kelgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur hududda xizmat olib borayotgan Chortoq tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruvchilari kanalda oqib ketayogan ayolni ko‘rib qolgan. Shundan so‘ng, FVV xodimlari zudlik bilan qutqaruv ishlarini amalga oshirganlar.

Qutqaruvchilarning olib borgan tezkor sa’y-harakatlari natijasida fuqaro xushsiz holda qutqarib olinib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. O‘ziga keltirilgan qiz tuman tibbiyot birlashmasiga yuborilgan.

Hozirgi vaqtda qutqarilgan insonning ahvoli o‘nglangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring