Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Katta jang oldidan «nigohlar to‘qnashuvi» tashkil etildi

Katta jang oldidan «nigohlar to‘qnashuvi» tashkil etildi

Joriy yilning 3-aprel kuni Toshkentdagi «Humo Arena» saroyida professional boks kechasi tashkil etiladi. Kechaning markaziy jangida Murodjon Ahmadaliyev WBA va IBF kamarlarini himoya qiladi. Unga yaponiyalik Ryosuke Ivasa qarshilik ko‘rsatadi.

Bugun, 1-aprel kuni Hilton mehmonxonasida jang oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda kechaning asosiy jangidan tashqari ringga ko‘tariladigan boshqa bokschilar ham tanishtirildi.

Shunday qilib, 3 aprel kuni Shahram G‘iyosov – Patrisio Lopes Moreno (Meksika), Isroil Madrimov – Emmanuel Kalombo (Kongo), Bahodir Jalolov – Kristaps Zutis (Latviya), Hasanboy Do‘smatov – Muhsin Kizota (Tanzaniya), Iqboljon Xoldorov – Kulva Bushiri (Tanzaniya), Sanjar Tursunov – Ivan Yuxta (Ukraina), Mirazizbek Mirzaxalilov – Tasha Mjuaji (Tanzaniya) o‘rtasida janglar o‘tkaziladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring