Karantin zonasidagi ayol farzandli bo‘ldi (video)
Chirchiq shahridagi maxsus karantin zonasida bo‘lib turgan ayol farzandli bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
2002-yilda tug‘ilgan Do‘styorova Sevara 27-mart kuni Qozog‘iston Respublikasidan avtobus orqali oila a’zolari bilan kelganligi sababli karantinga olingan edi.
Homiladorligi tufayli 12-aprel kuni soat 22:00 lar atrofida Tez yordam mashinasida Toshkent viloyati Perinatal markaziga joylashtirilgan. Ertasiga soat 10:00 lar atrofida o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan.
Hozirda ona va bolaning sog‘lig‘i yaxshi, vaziyat malakali shifokorlar nazoratida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter