Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin munosabati bilan tuzilgan tezkor-tergov guruhiga qancha xodim jalb qilingan?

Karantin munosabati bilan tuzilgan tezkor-tergov guruhiga qancha xodim jalb qilingan?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining koronavirus infeksiyasi keng tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan bergan topshirig‘i asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi, Bosh prokuratura,  DXX, Milliy gvardiya, IIV va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlaridan iborat   tezkor - tergov   va   tahliliy   guruhlar   tuzilgan. Bu haqda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i Sodiq Berdialiyev ma’lum qildi. Unga ko‘ra, surishtiruv ishlariga  318 nafar malakali tergovchilar va  mingdan   ortiq   tezkor   qidiruv   xodimlari   jalb   qilindi. 

Joriy yilning 15 aperiliga qadar virus yuqtirgan bemorlar muloqotga kirishgan jami 9.538  nafar shaxslar   haqida   ma’lumotlar   to‘plandi. Muloqotda bo‘lgan shaxslarning 2.204 nafari bemorning yaqin qarindoshlari, 3.877 nafari birga ishlovchi (va doimiy muloqotda bo‘lgan) shaxslar, 3.453 nafari esa bir marotaba muloqotga kirishgan shaxslardir.

Sodiqjon Berdialiyevning alohida qayd etishicha, bemorlar bilan suhbat jarayonida ayrim qiyinchiliklarga ham duch kelinmoqda. Bu bemorlarning o‘zi muloqotda bo‘lgan shaxslarni to‘liq eslay olmaslik va ayrim sabablar bilan aytmasligi bilan bog‘liq holatlar namoyon bo‘lmoqda. Malakali tergovchilarning kasbiy mahorati, shuningdek, "bilaturib aytmaslik" boshqalar hayotini jiddiy xavf ostida qolishi mumkinligini borasidagi tushuntirishlar bilan bemorlardan imkon qadar to‘la ma’lumotlar olinmoqda.

Bir necha kun avval Bosh prokuratura har bir fuqaro hozirgi sinovli kunlarda kimlar bilan muloqotda bo‘layotganligini yozib, kundalik tutib borishlari haqida murojaat bilan chiqqan edi. Bu bejiz emas. Agarda har bir fuqaro shunday kundalik tutsa, birinchidan o‘zining yurish-turishini tahlil va nazorat qilib, tartibga solib oladi. Ikkinchidan esa, mabodo, kasallik yuqtirib olsa, u bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolarning hayotlarini xavfdan saqlab qoladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring