Karantin davrida maxsus ruxsatnomasiz boshqarilgan transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtiriladi
Koronavirus kasalligiga qarshi kurashish respublika maxsus komissiyasining axboroti e’lon qilingani haqida xabar bergandik.
Unga ko‘ra, joriy yil 6 apreldan e’tiboran quyidagilarni nazarda tutgan holda «o‘zini yakkalash» hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etiladi.
Shuningdek, yirik dehqon bozorlari va savdo majmualarining (supermarket, gipermarket va boshqalar) kirish-chiqish joylari tegishli mutaxassislar bilan ta’minlagan holda pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlanadi.
Bunda ushbu majmualarga tashrif buyurayotgan har bir fuqaroning tana harorati o‘lchanadi hamda 37 С va undan yuqori bo‘lganda, mazkur fuqarolar ushbu majmualarga kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bunda ushbu fuqarolarga zudlik bilan tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat etish tavsiya etiladi.
Markazlashgan holda pirometrlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga ikki kun muddatda yetkazib beriladi.
Yirik dehqon bozorlari va savdo majmualari (supermarket, gipermarket va boshqalar) hamda karantin tadbirlari uchun ajratilgan joylarda dezinfeksiya ishlari muntazam ravishda majburiy tartibda amalga oshirib boriladi.
Karantin talablarining ijrosini so‘zsiz ta’minlash hamda maxsus ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan holda harakatlanayotgan avtotransport vositalarini huquqbuzarlik davom ettirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida istisno tariqasida ichki ishlar organlari yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan karantin davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish yo‘li bilan ushlab turiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter