Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kappadokiyadagi sayyohlar 2023 yilning ilk kunini osmonda qarshi oldi

Kappadokiyadagi sayyohlar 2023 yilning ilk kunini osmonda qarshi oldi

Turkiyaning Kappadokiya o‘lkasidagi mahalliy va xorijlik sayyohlar 2023 yilning ilk kunini havo sharlarida parvoz qilgan holda qarshi oldi. Tarixiy mintaqadagi qoyatoshlar uzra yuzlab havo sharlari uchirilgan.

Kappadokiya o‘ziga xos tabiiy landshaft va relyefga ega bo‘lib, Peribajalari vodiysi, qoyalar bag‘rida barpo etilgan ko‘hna ibodatxonalari, Derinkuyu va Kaymakli kabi yerosti shaharlari, sirli g‘orlari bilan mashhur.

Vulqonlar otilishi va tabiat o‘zgarishlari oqibatida mintaqada betakror obidalar hosil bo‘lgan.

YuNESKOning butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Kappadokiyada yilning o‘rtacha 300 kunida havo sharlari uchiriladi.

Oqsaroy, Nevshehir, Qirshehir, Qaysari va Nigde viloyatlari hududini qamrab oluvchi tarixiy o‘lkaga 2022 yilning 11 oyida qariyb 4 million sayyoh borgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring