Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kamala Xarrisni o‘ldirish bilan tahdid qilgan ayol qo‘lga olindi

Kamala Xarrisni o‘ldirish bilan tahdid qilgan ayol qo‘lga olindi

Foto:«Share America»

AQSh Federal maxfiy xizmati vitse-prezident Kamala Xarrisni o‘ldirish bilan tahdid qilganlikda ayblanayotgan Florida fuqarosini hibsga oldi. Bu haqda «USA Today» xabar berdi.

39 yoshli hamshira Nivian Petit Felps 15-aprel payshanba kuni Maxfiy xizmat xodimlari tomonidan «AQSh vitse-prezidentini o‘ldirish uchun ​​qasddan tahdid qilgani» uchun hibsga olingan.

Maxfiy xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, Felps qamoqda jazo o‘tayotgan eriga bir necha bor videolar yuborgan. Ushbu videolarda Felps AQShning 2021-yilgi prezident saylovlari natijalaridan g‘azablanganligini bildirgan. Shu bilan birga, u qurolga ruxsat olish uchun huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qildi.

Felps videolarning birida Xarrisni o‘ldirishi va buning aniq sanasini aytgan. Agar uning aybi tasdiqlansa besh yilgacha qamalishi mumkin. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring