Kamala Harris AQSh tarixida vaqtincha prezident bo‘lgan ilk ayolga aylandi
AQSh prezidenti Jo Bayden 79 yoshga to‘lishidan 1 kun oldin kolonoskopiya tekshiruvidan o‘tdi, deb xabar berdi Oq uy matuot kotibi.
Ko‘rik paytida prezident narkoz holatida bo‘lgan va bu paytda mamlakatni vaqtincha boshqarish huquqi vitse-prezidentga topshirilgan. Shu orqali Kamala Harris AQSh tarixida vaqtincha prezident bo‘lgan ilk ayolga aylandi.
Bayden oxirgi marta saylov kampaniyasi davomida to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tgan. Hozirgi lavozimiga kirishishdan oldin, unga «prezidentlik vazifasini bajarishga layoqatli» tashxisi qo‘yilgan.
Avvalroq Baydenning yurishi og‘irlashib, yo‘tali kuchaygani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter