Kafedra mudiri 4 ming dollar bilan qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining talabasi U.X. fuqaro R.ni institut kafedra mudiri orqali magistratura bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan. So‘ngra uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, kafedra mudiri M.E. talaba U.X.dan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter