Kadastr rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish boshlandi
Kadastrning viloyat rahbarlari attestatsiyadan o‘tkazilmoqda. Bu haqda Kadastr agentligi axborot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4819-son qarorining 8-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tizimiga kiruvchi hududiy boshqarma va korxonalar rahbarlari kasbiy va nazariy bilimlarini, shuningdek, egallab turgan lavozimiga munosibligi darajasini baholash uchun attestatsiyadan o‘tkazish boshlandi.
Unda Respublikamizning barcha viloyat kadastr yo‘nalishi rahbarlari maxsus komissiya tomonidan suhbatdan o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter