JSST Rossiya vaksinasini tekshirib ko‘rmoqchi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinaning sinovdan o‘tganligi haqidagi ma’lumotlarni tekshirib ko‘rishga qaror qildi.
JSST vaksina bo‘yicha tadqiqotlar belgilangan tartibda olib borilganiga ishonch hosil qilish uchun preparatning sinovdan o‘tganligi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish niyatida. Bu dorining xavfsizligi va samaradorligini baholash uchun zarur.
Ta’kidlanishicha, tashkilot infeksiyaga qarshi tadqiqotlar va preparatlarni ishlab chiqish sohasidagi barcha yutuqlarni olqishlaydi. JSST, shuningdek, rossiyalik olimlar bilan hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter