Joze Mourino yevrokuboklar rekordini o‘rnatdi
UEFA Konferensiyalar ligasida «Roma» «Budyo-Glimt»ni mag‘lub etib (umumiy hisob — 5:2), turnir yarimfinaliga chiqqanidan so‘ng, Joze Mourino yevrokuboklar yarimfinallarida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan murabbiyga aylandi.
«Lester»ga qarshi o‘yin Mourino uchun yevrokuboklardagi 11-yarimfinalga aylanadi.
«Marca» yozishicha, portugal mutaxassisi bu borada Aleks Fergyuson, Yupp Haynkes (sakkiztadan yarimfinal), Karlo Anchelotti va Xosep Gvardiola (to‘qqiztadan yarimfinal)ni ortda qoldirdi.
Mourino, shuningdek, har uch yevroturnir: Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Konferensiyalar ligasi yarimfinaliga chiqqan ilk bosh murabbiy bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter