Jo Baydenning ko‘kragidan o‘simta olib tashlandi
AQShning 46-prezidenti Jo Bayden ko‘krak qafasidagi teri o‘simtasini olib tashlash uchun operatsiya qilindi. Bu haqda Oq uy shifokori Kevin O‘Konnor ma’lum qildi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentining ko‘kragidagi bazalioma olib tashlash bo‘yicha operatsiya joriy yilning 16 fevral kuni bo‘lib o‘tgan. Operatsiya Vashington shahridagi «Valter Rid» nomidagi Milliy harbiy tibbiyot markazida bo‘lgan.
Kevin O‘Konnorning aytishicha, operatsiyadan keyin AQSh rahbarining terisi yaxshi bitgan, biopsiya jarayoni (zararlangan to‘qimani kesib olib tekshirish) esa unda bazal hujayrali karsinoma (ko‘p tarqalgan teri raki) borligini ko‘rsatgan. Shifokor bu kasallik davomiy muolaja talab qilmasligini ta’kidlagan.
Ma’lumot o‘rnida, Bazalioma — saratonning eng keng tarqalgan va erta bosqichda aniqlanganda oson davolanadigan shakllaridan biridir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter