Jizzaxdagi fojiada halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlandi

Bugun Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida jiddiy YTH sodir bo‘lgani, o‘zaro to‘qnashgan ikki «Neksiya» yonib ketishi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi halok bo‘lganlarning shaxsiga aniqlik kiritdi.
Ma’lum bo‘lishicha, halok bo‘lganlarning eng kattasi — 46 yoshli Luqmon Alibekov Suvonqishloq mahallasida yashagan. YTHning eng yosh qurboni esa 20 yoshli qiz — Zafarobod tumanida yashagan Nigora Qurbonova.
Bundan tashqari A.Mamadiyev (haydovchi, 1990-yilda tug‘ilgan), S.Yorqulov (haydovchi, 1992-yilda tug‘ilgan), J.Ahrorov (yo‘lovchi, 1985-yilda tug‘ilgan), R.Otaboyev (yo‘lovchi 1974-yilda tug‘ilgan), F.Shermatov (yo‘lovchi, 1986-yilda tug‘ilgan) va O.Abdullayeva (yo‘lovchi, 1997-yilda tug‘ilgan) yo‘l transport hodisasi qurboni bo‘ldi.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida halok bo‘lganlarning shaxsiga taalluqli boshqa ma’lumotlarga aniqlik kiritilmoqda.
Mavzuga doir: Jizzaxda to‘qnashgan ikki «Nexia» yonib ketdi. Sakkiz kishi halok bo‘ldi (video)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter