Jizzaxda 45 ming dollarlik «maxfiy kelishuv» amalga oshmay qoldi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda fuqaro L.A. va F.I.lar oldindan til biriktirib, tadbirkorga qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun ajratilgan yer maydonidan uning xabardorligisiz boshqa bir fuqaroga har bir gektarini 15 000 AQSh dollaridan hisoblab, jami 3 gektarini 45 000 AQSh dollariga sotishga kelishgan. Bu puldan 10 000 AQSh dollarini oldindan firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter