Jizzaxda to‘qnashgan ikki «Nexia» yonib ketdi. Sakkiz kishi halok bo‘ldi (video)

Jizzax viloyatining Paxtakor tumani hududidan o‘tgan 4R-34 «Jizzax—Gagarin» yo‘lining 49-kilometrida ikki «Nexia» to‘qnashib, yonib ketgan. Bu haqda «Daryo»ga viloyat IIB matbuot xizmatiga asoslanib ma’lum qildi.
Hodisa 4-aprel kuni soat 12:40 atrofida yuz bergan. Ijtimoiy tarmoqlar, «Telegram»dagi ommabop kanallarda voqea joyidan video va fotolar paydo bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi, 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro haydab kelayotgan «Nexia» «Jizzax—Do‘stlik» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan arnasoylik 26 yoshli haydovchi boshqaruvidagi «Nexia» bilan to‘qnashib ketgan.
To‘qnashuvdan so‘ng yong‘in kelib chiqqan. Hodisa oqibatida har ikkala avtomobilda bo‘lgan barcha — jami sakkiz kishi halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter