Jizzaxda qimorbozlar qo‘lga olindi

4 aprel kuni Forish tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan «Egizbuloq» mahallasida epidemiyaga qarshi kurashish qoidalarini buzish holati aniqlandi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati xabar berib o‘tdi.
Do‘stlik tumani, «Bunyodkor» mahallasida istiqomat qiluvchi 1994 y.t. N.T. 7 nafar o‘rtoqlari bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, qimor o‘ynayotgan vaqtda huquq tartibot idora vakillari ularning qilmishiga chek qo‘ygan.
Huquqbuzarlar qonunchilikda belgilangan tartibda jazoga tortiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter