Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda 59 kishiga soxta hujjatlar bilan mikroqarz olganlar ushlandi

Jizzaxda 59 kishiga soxta hujjatlar bilan mikroqarz olganlar ushlandi

Jizzaxda soxta hujjatlar orqali 1,6 mlrd so‘m mikroqarzni o‘zlashtirgan firibgarlar aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning ma’lum qilishcha, fuqarolarning murojaatlariga asosan viloyatning Sharof Rashidov tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Sh.A. va boshqalar «J.I.» MChJda ishlamagan 59 nafar fuqaro nomiga soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali bank muassasasidan jami 1,6 mlrd so‘m mikroqarz olishga erishib, ushbu mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring