Jizzaxda 130 bosh zotdor qo‘y qutqarildi

Kuni kecha soat 17:20da Jizzax viloyati Paxtakor tumani hududidan o‘tuvchi «Navbahor-Uchtepa-Jizzax» yo‘nalishida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Yuk mashina haydovchisining boshqaruvni yo‘qotishi natijasida avtomobil yo‘l chetiga chiqib, ag‘darilgan. Hodisada haydovchiga jarohat yetmagan, ammo, yuk mashinada zotdor qo‘ylar qolib ketgan.
Voqea joyiga zudlik bilan Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi yetib kelgan.
Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yuk avtomobilining tirkamasi maxsus uskunalar yordamida ochilib, 130 bosh zotdor qo‘y qutqarildi. Afsuski, yo‘l transport hodisasida ushbu hayvonlarning bir qismi nobud bo‘lgan, deyiladi FVV xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter