Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

100 ming dollar bilan qo‘lga tushgan hokim o‘rinbosariga hukm o‘qildi

100 ming dollar bilan qo‘lga tushgan hokim o‘rinbosariga hukm o‘qildi

Foto: Xabar.uz

Yangiobod tuman hokimi o‘rinbosari 10 yilga qamaldi. U 100 ming dollar bilan qo‘lga tushgan edi.

2023-yilning may oyida fuqaro (Q.M.) Yangiobod tumani hokimining v.b. o‘rinbosari (Q.R.) bilan til biriktirib, «Angren Mash’al Servis» MChJ rahbariga (U.T.) shamol elektr stansiyalari qurish uchun 200 gektar yer maydonini olib berishni va’da qilib, evaziga 200 ming AQSh dollari talab qiladi.

Q.M. kelishilgan summaning yarmi, ya’ni 100.000 AQSh dollarini restoranlarning birida olgan vaqtida DXX tomonidan ushlanadi. Shuningdek, tadbir davom etkazilib, hokim o‘rinbosari ham qo‘lga olinadi.

JIB Yangiobod tuman sudi mazkur jinoyat ishini ko‘rib chiqib, Q.M.ga bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari (132.000.000 so‘m) miqdorida jarima va 6-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilishi jazosi, sobiq hokim o‘rinbosari Q.R.ga esa 3 yil muddatga davlat ishtirokidagi tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari (132.000.000 so‘m) miqdorida jarima va 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring