Jizzax yo‘llarida tashlab ketilgan chaqaloq topildi

Jizzax viloyatidagi yo‘llardan birining yoqasida yangi tug‘ilgan qiz bola chaqaloq topildi. Chaqaloq 22 yoshli «Neksiya» haydovchisi tomonidan topilgan.
Oq matoga o‘ralgan chaqaloq daraxt ostiga tashlab ketilgan edi. Qizcha darhol viloyat shifoxonasiga yetkazib borilgan, ammo shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan yordamga qaramay, vafot etgan.
Ayni vaqtda 117-modda bo‘yicha (xavf ostida qoldirish) jinoiy ish ochilgan. Huquq-tartibot xodimlari chaqaloqning onasini qidirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter