Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzax yo‘lida uxlab qolgan haydovchi to‘rt kishining umriga zomin bo‘ldi

Jizzax yo‘lida uxlab qolgan haydovchi to‘rt kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto: Novosti44

Kecha, 8-may kuni Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida yirik yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

IIV bergan xabarga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida yashagan A.Sh. «Neksiya» rusumli avtomashinasini M-39 «Toshkent-Termiz» yo‘lining 953-kilometrida haydab ketayotib, uxlab qolgan. Mashina esa yo‘l chetida to‘xtab turgan, Toshkent viloyatida yashovchi Sh.B. boshqaruvidagi «MAN» yuk avtomashinasining tirkamasiga kelib urilgan.

Oqibatda «Neksiya» avtomashinasi haydovchisi A.Sh. va uning yo‘lovchisi E.X. voqea joyida, yana ikki yo‘lovchi shifoxonaga keltirilganda vafot etdi.

Yana bir yo‘lovchi esa shifoxonaga yotqizilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring